"Chelsi" ettita yulduzni oladi

  • 29 iyun, 2022, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel kelasi mavsum oldidan jamoada jiddiy o‘zgarishlar qilishga bel bog‘ladi.

Tecno

“Aristokratlar” safini Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen tark etdi. Rekord transfer egasi Romelu Lukaku ham ketish arafasida turibdi.

Klubning yangi xo‘jayinlari Tomas Tuxelga o‘zi istagan o‘yinchilarni olishi uchun etarlicha mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.

Germaniyalik mutaxassis yozgi transferlar vaqtida “Manchester Siti”dan Rahim Sterlingni, “Yuventus”dan Matteys de Ligtni, “Sevilya”dan Jyul Kundeni, “Barselona”dan Usmon Dembeleni, “Lids”dan Rafinyani, “Everton”dan Risharlisonni va “Vest Xem”dan Deklan Raysni olmoqchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!