
"Chelsi" futbolchisining "Spartak"dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
"Chelsi" yarim himoyachisi Viktor Mozesning "Spartak" bilan moliyaviy kelishuv shartlari ma’lum bo‘ldi.
"Qizil-oqlar" Mozesni 10 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqda. Rasmiy bayonot hafta so‘nggida berilishi kutilmoqda.
Nigeriyalik futbolchi moskvaliklar safida yiliga 3 million evroga yaqin maosh oladi. Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashri xabariga ko‘ra, bu raqam futbolchi ayni damda "Chelsi" olayotgan maoshdan 25 foiz kam.
Fikrlar