“Chelsi” jahon chempioni uchun xarajatdan qochmaydi

  • 29.12.2022 14:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati Qatardagi jahon chempionati qahramonlaridan biri Entso Fernandesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Londonliklar yanvar oyida transferni amalga oshirish maqsadida 21 yoshi argentinalik yarim himoyachi uchun 120 million evrodan ortiqroq mablag‘dan voz kechishga tayyor.

“Benfika” rahbariyati Fernandesning transferini yozda hal qilishni rejalashtirmoqda. Futbolchining o‘zi ham Evropadagi debyut mavsumini Lissabonda yakunlab qo‘ymoqchi.

Entso Fernandes jahon chempionatining barcha – ettita uchrashuvida qatnashib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!