“Chelsi” ko‘p gol urayotgan hujumchini oladi

  • 3 fevral, 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” mutasaddilari yozda o‘xshamagan transfer bo‘yicha qayta ish boshladi. Londonliklar iste’dodli yosh hujumchi Samu Omorodionni olish fikridan voz kecha olmadi.

Aslida “aristokratlar” “Atletiko” tarbiyalagan va o‘tgan yili “Alaves”ga ijaraga jo‘natgan hujumchini yozda o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi.

Lekin madridliklar bu transfer uchun Angliya klubidan 40 million evro talab qilgan. Ammo ispanlar 20 yoshli markaziy hujumchini “Portu”ga 15 million evroga berib yubordi.

Samu Omorodion Portugaliya chempionatiga mos tushdi. Yosh forvard yangi jamoasida milliy chempionat va Evropa Chempionlar ligasidagi dastlabki 25 ta uchrashuvda 18 ta gol urgani “Chelsi” mutasaddilari nazarini yana shu futbolchiga qaratdi.

“Portu” Omorodionning shartnomasiga uni 100 million evroga transfer qilish mumkinligi to‘g‘risidagi bandni kiritgan. Biroq bir necha manbaning yozishicha, portugaliyalik moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan va vaziyatni o‘nglash uchun o‘z hujumchisini arzonroq summaga qo‘yib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!