
“Chelsi” “Man Siti” va “Barsa” nishonidagi futbolchini sotib olmoqchi
"Chelsi" yozgi transfer oynasi vaqtida "RB Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiolni sotib olmoqchi. Transfer yaqin kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, Gvardiol Sezar Aspilikuetega muqobil o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. Oldinroq ispaniyalik qanot himoyachisiga "Barselona" qiziqish bildirgani, shuningdek, Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gvardiolning “Leyptsig” bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transferi 35 million evroga baholanmoqda. O‘tgan mavsum futbolchi nemis klubining barcha musobaqalar doirasidagi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar