"Chelsi" Ronalduni sotib olishi kerak"

"Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Merson Krishtianu Ronalduning "Chelsi"ga ehtimoliy transferi haqida gapirib o‘tdi. Aytishicha, ayni paytda klub futbolchiga muhtoj.

"Chelsi" kelasi mavsum yuqori darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolamasa, hatto, uchinchi o‘rinni ham egallay olmaydi. Shunday ekan, ular Ronaldu variantini o‘ylab ko‘rishi lozim.

Xaverts yaqqol hujumchi emas. U bir mavsumda 20 ta gol urishga qodir emas. Krishtianu esa buni uddalaydi. 

"Aristokratlar"da Chiluell va Jeyms kabi ajoyib qanot himoyachilari bor. Jarima maydoniga uzatmalar ularda ko‘p kuzatiladi. Dunyodagi eng yaxshi yakunlovchi kim? Ha, topdingiz. Bu - Ronaldu! "Chelsi" portugaliyalik yulduzning transferini yaxshilab o‘ylab ko‘rishi darkor, nazarimda", - dedi sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!