“Chelsi” so‘nggan futbolchini qo‘yib yubordi

  • 29.08.2022 21:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” futbolchisi Ross Brakli erkin agent maqomini oldi. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani bekor qildi.

28 yoshli futbolchi “Everton” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Chelsi”ga kelgunga qadar “Sheffild Uensdey” va “Lids” jamoalarida ham o‘ynagan.  

“Aristokratlar” Rossni kelajagi porloq o‘yinchi sifatida 2018 yili 16,80 million evroga o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Lekin u o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi va orada “Aston Villa”da ham o‘ynab keldi.

Barkli londonliklar safida jami 100 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 martta ishg‘ol qilgan. Endi tajribali o‘yinchi o‘ziga yangi ish joyi topishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!