
“Chelsi” to‘xtashni istamayapti
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel London klubi rahbariyatidan yana 4 ta transferni amalga oshirishni so‘ramoqda. Jurnalist Saymon Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, “aristoktarlar” birinchi o‘rinda himoyachi sotib olmoqchi, keyin esa boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga harakat qiladi.
Klub hozirgacha ikki futbolchi, "Manchester Siti" vingeri Raxim Sterling va "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolagan. Ikki charm to‘p ustasi uchun “Chelsi” rahbariyati 90 million evro sarfladi.
Transfer oynasi tugagunga qadar "Chelsi" kamida yana ikkita markaziy himoyachi sotib olishga harakat qiladi. Shuningdek, “ko‘klar” ikkita hujumchi bilan shartnoma imzolashni ham istamoqda, chunki Hakim Ziesh va Timo Verner yozda “Stemford Brij”ni tark etishi mumkin.
Fikrlar