
“Chelsi” “tozalash ishlari”ni davom ettiradi
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning hujum chizig‘ini tubdan qayta qurish rejasiga qarshi emas. Jurnalist Yakob Shtaynbergning fikricha, Timo Verner “RB Leyptsig”ga ketganidan so‘ng, nemis mutaxassisi Kristian Pulishich va Hakim Zieshdan ham qutulishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" hozirda marokashlik futbolchiga da’vogarlik qilmoqda, u "Chelsi" bilan sotib olish sharti bilan ijaraga olish borasida muhokama olib bormoqda. Biroq, tomonlar hali bir to‘xtamga kelmagan.
Hozircha Pulishichga da’vogarlar yo‘q, ammo transfer oynasi yopilgunga qadar vaziyat o‘zgarishi mumkin. Agar Ziesh va Pulishich ketishsa, "Chelsi" hujum pozitsiyasi uchun kamida ikkita yangi futbolchi sotib olishi mumkin.
OAV xabariga ko‘ra, bu o‘rin uchun asosiy da’vogar MYu forvardi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi.
Fikrlar