“Chelsi” va “Barselona” yana bir futbolchini talashishmoqda

  • 25 iyul, 2022, 13:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres yangi mavsumni “Chelsi” safida boshlashi mumkin. Avvalroq London klubi "Sevilya" futbolchisi Jyul Kunde transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgandi, ammo kelishuv noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, u “Barselona”ga o‘tmoqchi.

Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen yozda jamoani tark etganidan so‘ng, "ko‘klar" markaziy himoyachi qidirmoqda. “Calcio Mercato Web” nashri xabariga ko‘ra, bu pozitsiya uchun asosiy nomzodlardan biri Torres hisoblanadi. Avvalroq, Pauga “Barsa” ham qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, London klubi Ispaniya terma jamoasi himoyachisi uchun 50 million evro berishga tayyor.

Futbolchi o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati doirasidagi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!