“Chelsi” xo‘jayinlaridan biri Tuxeldan darvozabonsiz o‘ynashni talab qilgan

  • 10 sentabr, 2022, 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” va Tomas Tuxel o‘rtasidagi hamkorlik tugaganidan keyin germaniyalik mutaxassisning iste’fosiga sabab bo‘lgan omillar oshkor etilmoqda. Tajribali murabbiy klub xo‘jayinlari Todd Byoli va Bexdad Egbali bilan munosabatda bir necha tushunmovchiliklarga duch kelgan.

The Athletic nashrining xabar berishicha, klub xo‘jayinlaridan biri Tomas Tuxelga darvozabonsiz maydonga tushib, 4-4-3 sxemasida o‘ynashni taklif qilgan.

Bundan tashqari, rahbariyati bosh murabbiy so‘ragan himoyachilar – Matteys de Ligt va Presnel Kimpembe, yarim himoyachi Frenki de Yong, hujumkor futbolchi Rafinyadan birortasini olib kelmadi.   

Shuningdek, klub rahbariyatiga Tomas Tuxel jamoasiga Krishtianu Ronaldu va Jyul Kundeni qo‘shishni istamagani yoqmadi va ular bu mutaxassis bilan xayrlashishni ma’qul ko‘rdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!