“Chelsi”da baxtliman!
"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt londonliklar bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanligini aytdi.
“Hozirgi shartnomam tugashiga yana 2 yil qoldi va men klubda juda baxtliman. Umid qilamanki, yaqin kelajakda biz bitimni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlaymiz”, - deya Mauntning so‘zlarini keltiradi “The Athletic” nashri.
Maunt "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 23 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda londonliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 53 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 gol va 16 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar