“Chelsi”ga jahon chempionlari kerak
“Chelsi” Qatardagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Argentina terma jamoasi o‘yinchilari o‘z safida jamlanmoqda.
“Aristokratlar” tez orada “Benfika” yarim himoyachisi Entso Fernandesni 120 million evroga transfer qilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, London klubi xo‘jayini Todd Byoli “Brayton”da o‘ynayotgan argentinalik chempion Aleksis Makallisterga ham xarajat qilishga tayyor.
24 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Chelsi” rahbariyati “Arsenal” va “Atletiko” kabi klublar bilan raqobat qilishga tayyor.

Fikrlar