
“Chelsi”ga raqib yulduzi kerak
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshirish uchun “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Riyad Mahrezni transfer qilmoqchi.
31 yoshli jazoirlik o‘yinchining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Agar Xosep Gvardiola mavsum oxirigacha afrikalik futbolchini jamoada qolishga ko‘ndirmasa, klub mutasaddilari yozda uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xosep Gvardiola har qanday jamoani kuchaytirishga qodir bo‘lgan Mahrezni ichki chempionatda to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchi bo‘lgan “Chelsi”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligi mumkin.
Riyad Mahrez joriy mavsumda barcha turnirlarda 36 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.
Fikrlar