“Chelsi”ga zo‘r xaridor chiqdi
Aralash jang san’atlari ustasi Konor Makgregor “Chelsi” klubining sotilishiga oid xabarlarga munosabat bildirdi.
Ma’lumki, London klubining rasmiy saytida “Chelsi”ga 2003 yildan beri egalik qilib kelayotgan Roman Abramovich o‘z aktivlarini sotishi haqida e’lon berilgan edi.
Makgregor ushbu xabarga javoban 3 milliard funtga klubni sotib olishga tayyor ekanini aytgan.
- Men bu variantni ko‘rib chiqishga tayyorman, - deb yozdi Makgrigor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Abramovich davrida “Chelsi” besh karra mamlakat chempioni, ikki martadan Chempionlar ligasi va Evropa ligasi g‘olibi, UEFA Superkubogi sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari, besh marta Angliya kubogi, uch bor Liga kubogi va ikki marta Angliya superkubogida g‘alaba qozondi.
“Chelsi” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining amaldagi chempioni ham hisoblanadi

Fikrlar