Chempionlar ligasi g‘olibi Dembele borasida "Barsa"ga taklif yubordi

  • 22.01.2022 13:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" hujumchisi Usmon Dembeleni sotib olishga urunmoqda.

Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda, "aristokratlar" 24 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 4 million evro to‘lashga tayyor. London klubi shartnoma muddati yakunlanishiga 5 oy qolgani tufayli Dembele uchun bundan ortiq pul to‘lamoqchi emas.

Aytish kerakki, Usmon "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan "Borussiya" Dortmundda birga faoliyat olib borgan.

Dembele joriy mavsum "Barselona" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning hozirgi transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!