Coca Cola O‘zbekiston kubogi. Ikkinchi bosqichga chiqqan 4 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Bugun Coca Cola O‘zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi. "Oqtepa" jamoasi o‘z maydonida "Zomin"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. "Xorazm"ga qarshi bahsda 0:2 hisobida ortda borayotgan "Neftchi" jamoasi esa kambek qayd etib, 3:2 hisobida zafar quchdi.
Farg‘onaning boshqa bir jamoasi - "Istiqlol" esa "Dinamo"ga 0:3 hisobida engildi. Yaypanning "Turon" klubi penaltilar seriyasida "Sho‘rtan"ga imkoniyatni boy berdi.
Bugun soat 21:00 da "Sport" telekanalida jonli efirda ikkinchi bosqich uchrashuvlariga qur’a tashlanadi.

Fikrlar