Coca Cola O‘zbekiston kubogi. Ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

  • 25 iyun, 2020, 16:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

28 iyun kuni Coca Cola O‘zbekiston kubogi saralashining ikkinchi bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahslarning boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Coca Cola O‘zbekiston kubogi. Saralash ikkinchi bosqichi

28 iyun, yakshanba

18:00 Sho‘rtan — Neftchi

18:00 Dinamo — Oqtepa

Eslatib o‘tamiz, jamoalar karantindan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazish uchun kam vaqtga ega bo‘lganliklari bois, ularga engillik berish maqsadida saralash bahslarida 90 daqiqa ichida g‘olib aniqlanmasa, to‘g‘ridan to‘g‘ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Ushbu bosqichda g‘alaba qozongan ikki jamoa Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo‘shilib, kubokning guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. Eslatib o‘tamiz, Coca Cola O‘zbekiston kubogi finali Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!