
Coca-Cola Superliga. Bugun 9-turga yakun yasaladi
Bugun Coca-Cola Superliganing 9-tur uchrashuvlari davom ettiriladi va tur doirasidan o‘rin olgan so‘nggi 3ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, “Navbahor” o‘z maydonida “Metallurg”ni (18:40), AGMK “So‘g‘diyona”ni (17:45) va “Buxoro” “Dinamo”ni (20:00) qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, “Navbahor” ayni damda 12 ochko bilan 6-o‘rinda, “Metallurg” 11 ochko bilan 8-o‘rinda, AGMK 7 ochko bilan 11-o‘rinda, “So‘g‘diyona” 9 ochko bilan 10-o‘rinda, “Buxoro” 6 ochko bilan 13-o‘rinda va “Dinamo” 12 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar