
Darya Kasatkina uchinchi g‘alabasini nishonlamoqda
Xitoy poytaxti Pekin shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Premera" turkumidagi tennis musobaqasida chorak final ishtirokchilari saralanmoqda.
Musobaqaning uchinchi davrasida rossiyalik Darya Kasatkina va Ekaterina Aleksandrova o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Darya 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan Kasatkina, endi yarim final yo‘llanmasi uchun daniyalik Karolin Voznyatskiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar