De Xea o‘g‘rimi?

  • 17.12.2022 00:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyalik darvozabon David De Xea 2011 yilda "Atletiko"dan "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tdi. O‘sha yili kelganiga hali ko‘p bo‘lmagan futbolchi bilan tushinmovchilik sodir bo‘lgan. Uning o‘zi bu voqeani eslab o‘tdi.

"Bir kuni do‘stim bilan tamaddi qilish uchun bir do‘konga kirdik. U erda donut edik va pul to‘lashga kelganda xamyonim mashinamda qolib ketganini payqadim. Keyin pul olib kelish uchun do‘kondan chiqib ketayotganimda xavfsizlik xodimi meni to‘xtatdi. Ingliz tilini bilmasdim. Unga pulim mashinada qolib ketganini tushintirishga harakat qildim, lekin u tushinmadi. Men ham uning nima deganini anglay olmadim.

Ertasi kuni barcha OAVlarda men haqimda gaplar tarqatilgandi. Dunyo bo‘ylab voqeani noto‘g‘ri talqin qilishgan. Ertalab men mashg‘ulot maydoniga bordim. Murabbiy meni oldiga chaqirdi. Qarasam u menga bir quti donut olib kelgan ekan. Bu juda kulgili edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!