
De Yong uchun katta pul to‘laydigan klub topildi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda "El Nacional" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchini "Al-Ittihod" klubi sotib olishni xohlaydi. Saudiya klubi rahbariyati futbolchiga 50 million evro taklif qilishga tayyor. Kataloniyaliklar esa, o‘z navbatida, futbolchini sotishga qaror qilishgan.
De Yongning "Transfermarkt"dagi qiymati 45 million evroga baholanmoqda. Uning kataloniya klubi bilan amaldagi shartnoma 2026 yilning yozida yakunlanadi.
Ushbu mavsumda yarim himoyachi 16 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar