Dembele "An-Nasr" taklifini rad qildi

  • 23.07.2023 21:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barsa" futbolchisi Usmon Dembelega "An-Nasr" klubi qiziqish bildirdi. Saudiya klubi frantsuzga yiliga 40 million evro maosh bermoqchi edi. Ammo vinger buni rad qildi, deya xabar bermoqda "FootMercato" nashri.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, riyodliklar Kataloniya klubiga Dembelening tovon pulini ham to‘lashga tayyor edi. Endilikda Usmon jamoasi bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirishni istamoqda. 

"An-Nasr" ayni paytda Sadio Mane bilan muzokaralarni boshlagan. Shuningdek, Aleks Telles, Marsel Brozovich va Seko Fofana kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!