Dembele "Barsa"da qolishi mumkin. Biroq...

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele klubda qolishi mumkin. Buning uchun u hozirgidek ajoyib o‘yin ko‘rsatishi talab etiladi. 

Shuningdek, klub rahbarlari ham futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish haqida bosh qotirmoqda. Agar Usmon yangi bitimga rozilik bildirsa, uning maoshi avvalgidan yuqoriroq bo‘ladi. 

Biroq o‘zi istagandek unga katta summa to‘lanmaydi. Hozir Dembele "Barselona"da haftasiga 250 ming evro maosh oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Usmon Dembele "ko‘k-anorranglilar" safida La Liganing so‘nggi 4 o‘yinida 1 gol va 6 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!