Dembele yana operatsiya qilinadi
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Usmon Dembele qayta operatsiya qilinadi. Bu haqda klub rasmiy sayti
Aytish kerakki, 22 yoshli frantsiyalik futbolchi kuzda olgan jarohatidan tiklanish jarayonida yana jarohat orttirib oldi. Endi u 11 fevral kuni Finlyandiyada jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Shundan so‘ng kataloniyaliklar Dembelening qachon maydonga qaytishi mumkinligi haqida taxminiy xabarlarni ma’lum qiladi.
Agar OAV tarqatgan xabarlarga ishoniladigan bo‘lsa, Dembele bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Usmon Dembele joriy mavsum “Barsa” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar