Dembele zo‘r taklif oldi
“Barselona” rahbariyati jamoa hujumkor futbolchisi Usmon Dembelega munosabatini o‘zgartirib, unga yangi bitim taklif qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar frantsiyalik o‘yinchiga ikki yillik shartnoma va bir mavsum uchun 8 million evro maosh qa’da qilmoqda. Shuningdek, Dembelening natijalariga qarab, turli bonuslar ham ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, Dembele joriy mavsum oxirida yakunlanadigan kelishuvni uzaytirishdan bosh tortgani uchun rahbariyat bilan mojarolashib qolgan edi. Biroq, bosh murabbiy Xavi Ernandes o‘yinchining mahoratiga yuqori baho berib, uni qolishga ko‘ndirgani aytilmoqda.
Usmon Dembele joriy mavsumda Ispaniya chempionatida to‘qqiz marotaba maydonga tushib, bitta gol va beshta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar