
Dembelening bir imzosi “Barsa” yulduzini "qurbon" qiladi!
“Barselona” rahbariyati Usmon Dembeleni maoshi pasaytirilgan ikki yillik shartnomaga ko‘ndirgani haqida xabarlar tarqala boshladi.
Frantsiyalik hujumkor futbolchi klub bilan yangi shartnomani imzolasa, bu bitim niderlandiyalik hujumchi Memfis Depayning “Barselona”dagi faoliyatiga chek qo‘yadi.
Klub rahbariyati Dembele jamoada qolsa, Depaydan voz kechishga qaror qilgan. Bundan tashqari, kataloniyaliklar “Lids” hujumkor futbolchisi Rafinya Diasni ham qo‘lga kiritmoqchi bo‘lyapti.
O‘tgan mavsumda 37 ta o‘yinda 13 ta to‘p kiritgan Depay klubning transfer siyosati qurboniga aylanib qolmoqda. Qolaversa, bosh murabbiy Xavi Ernandesning o‘zi ham avvalgi murabbiy Ronald Kuman tanlagan o‘yinchilar bilan ishlamoqchi emas.
Fikrlar