Depay "Barsa"ga kerak emas. U boshqa grand klubga ijaraga beriladi

  • 13 yanvar, 2022, 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi e’tiborini "Barselona" hujumchisi Memfis Depayga qaratdi.

Tecno

Jurnalist Janluka di Martsioga ma’lum bo‘lishicha, "keksa sinora" niderlandiyalik futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Italiya grandi Depayni jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan Federiko Kezening o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

O‘z navbatida «Barselona» ham Memfis bilan xayrlashishga qarshi emas. Kataloniyaliklar yaqinda "Manchester Siti"dan sotib olingan Ferran Torresga e’tibor qaratishmoqchi.

Avvalroq “Yuventus” Sardor Azmunga qiziqish bildirgandi, ammo “Zenit” eronlik to‘purar uchun katta mablag‘ so‘ragani bois turinliklar ushbu transferdan voz kechishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!