Deyan Jurjevich: Futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q

  • 27.07.2019 09:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superliga 14-turi doirasidagi “Navbahor” – “Qizilqum” (0:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi Deyan Jurjevich OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- Yangi jamoangning o‘z maydonidagi ilk bahsida mag‘lubiyatga uchrash alamli, albatta. Menimcha, bugun yaxshi o‘ynagan jamoa imkoniyatni boy berdi. Mehmonlarning darvozamiz tomon yo‘llagan birinchi zarbasi golga aylandi. Shu sababli, bizga ancha qiyin bo‘ldi.

Shogirdlarim uchrashuvda burilish yasash uchun qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi va ularga o‘yin borasida hech qanday e’tirozim yo‘q. Jamoani muhim futbolchilar tark etishdi. “Navbahor” yangi murabbiy qo‘l ostida harakat qilmoqda, tarkibda yangi o‘yinchilar bor. Shu bois, jamoa o‘yinida o‘zgarish qilish uchun biroz vaqt talab etiladi.
Jurjevich rasmi 1

Jahonning mashhur murabbiylaridan biri bo‘lgan Joze Mourino jamoani yaxshilab o‘rganish uchun 2 yil vaqt kerak bo‘ladi, degan. Ayni paytda O‘zbekistonda transfer “darchasi” ochilgan hamda bizning safimizga mahoratli futbolchilarni jalb etish uchun imkoniyatimiz bor. Ammo ko‘plab yaxshi futbolchilarning o‘z klublari bilan amaldagi shartnomalari mavjud. Shuning uchun biz ham qo‘ldan kelganicha, bir qator yangi o‘yinchilarni tarkibga qo‘shib oldik.

Ikkinchi davra bahslariga 2 hafta davomida jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Umid qilamanki, bu keyingi bahslarda o‘z mevasini beradi.

Futbol – kutilmagan holatlarga boy o‘yin. Gohida yaxshi o‘yin namoyish etib ham mag‘lubiyatga uchrashing, ba’zida esa yomon o‘ynab ham yutishing mumkin. Bugun “Qizilqum” yaxshi o‘ynab, yaxshi himoyalana oldi. Jamoamizdan esa omad yuz o‘girdi.

Yana bir marta ta’kidlayman, yigitlar harakat qilishdi. Ammo vaziyatlardan foydalana olishmadi.\

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!