Dibala "Roma"ni tark etishi mumkin

  • 28 mart, 2023, 12:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. "Tuttosport" nashri xabariga ko‘ra, argentinalik hujumchi mavsum yakunida bosh murabbiy Joze Mourinyu iste’foga chiqsa, shuningdek, agar "Roma" Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Pauloga "Inter" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari Erik ten Xag ham Dibalani "Manchester Yunayted"da ko‘rmoqchi.

29 yoshli futbolchining "bo‘rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Hozirda Rim jamoasi A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!