
Dide Desham: Loris yil oxirigacha o‘ynamasligi mumkin
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham darvozabon Ugo Loris borasida fikrlar bildirdi.
"Ugo qancha vaqt maydonga tusha olmasligini aytish qiyin. Bir narsa aniqki u ushbu bosqichda va Evro-2020 saralashining keyingi bosqichidan ham bizga yordam bera olmaydi. U bu yili maydonga tushmasligi mumkin," - dedi Desham.
Eslatib o‘tamiz, Loris Premer-Liganing 8-turidan o‘rin olgan "Brayton" bilan bo‘lgan o‘yinda (0:3) jarohat olgan edi. Uchrashuvning 2-daqiqasida frantsuz qanotdan uzatilgan to‘pga muvaffaqiyatsiz sakradi, chap qo‘li bilan noqulay tushib, uni shikastlab qo‘ydi.
Fikrlar