
Diego Bardanka: Maqsadimiz chempionlik bo‘lmasligi zarur
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining birinchi turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon" - "Lokomotiv" bahsi mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Diego Bardanka o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:
"Kubok biz uchun juda muhim musobaqa. Jamoamiz ambitsiyasi har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni talab etadi. Liga, kubok yoki o‘rtoqlik o‘yini - bularning hech qanday farqi yo‘q. Har biriga jiddiy yondashib harakat qilishimiz zarur. Egnimizdagi libosni bor mehrimizni berib, sharaf bilan himoya qilishimiz kerak.
Ochig‘ini aytganda, bizning maqsadimiz bugungi kunda g‘alaba qozonish, keyingi maqsadimiz esa kelgusi raqibni taslim etish. Bugungi kun bilan yashashimiz lozim. Oldimizdagi uchrashuvlarni yutsak, chempionlik o‘zi kelaveradi. Biz tarixni har kuni, qadamma-qadam yaratishimiz lozim. Haqiqatan ham yaxshi mehnat qilsak, natija qanday bo‘lishi mumkin? Keling, yaxshisi kutamiz", - deydi Bardanka.
Fikrlar