Diego Kosta: “Man Siti”ga qarshi o‘yin 3 emas 6 ochkolik bahsdir
Angliyaning “Chelsi” klubi hujumchisi Diego Kosta bugun bo‘ladigan “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
- Hozir oldingi o‘yindagi mag‘lubiyatni eslash payti emas. Endi keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonish zarur. “Manchester Siti” bilan bo‘ladigan bahs 3 emas 6 ochkolik o‘yindir. Agar “shaharliklar” bu bellashuvda mag‘lub bo‘lishsa chempionlik poygasidan chiqib ketishadi. Biz esa APL g‘olibligi uchun asosiy nomzod bo‘lib davom etaveramiz. Qolaversa, “Suonsi” – “Tottenxem” uchrashuviga ham ko‘p napsa bog‘liq. Keling yaxshisi kutamiz, - deydi Kosta.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” – “Manchester Siti” o‘yini bugun 00:00da boshanadi. Tomonlarning birinchi davradagi uchrashuvida “aristokratlar” safardan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgan.



Fikrlar