Diego Simeone: Men boshqa klubda o‘ynaydiganlarni muhokama qilmayman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Diego Kostaning “Atletiko”ga qaytishi borasidagi xabarlarga izoh bermasligini aytib o‘tdi.

“Keling, yaxshisi “Atletiko”da o‘ynaydigan futbolchilar haqida gaplashsak, ular jamoa uchun juda ham muxim.

Men Vitolo yoki Diego Kosta haqida aytishni istamayman. Ular bizga o‘tadimi, yoki yo‘q buni ham bilmayman. Biz “Atletiko”da mavsumni boshlaydigan futbolchilarni muhokama qilishimiz mumkin.

Grizmann? Boshqa jamoalari bizning futbolchiga qiziqishi yaxshi.

Kosta “Chelsi”da o‘ynaydi. Men boshqa klubda o‘ynaydigan futbolchilarni muhokama qilmayman”, – deb aytib o‘tdi Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!