
"Dinamo Moskva” o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi
Voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi chempionlar ligasining guruh bahslarida 3-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
“D” guruhida Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi Polshaning “Budovlyani Lodz” klubini 3-0 hisobida enggan bo‘lsa, “Dinamo Moskva” hamda “Vakifbank” (Turkiya) jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv 0-3 hisobida yakunlandi.
Ushbu o‘yinlardan so‘ng “Vakifbank” jamoasi 9 ochko bilan guruhda birinchi bo‘lib turgan bo‘lsa, “Galatasaroy” 6 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. Shuningdek, guruhda “Dinamo Moskva” uch ochko bilan uchinchi o‘rindan joy olgan. “Budovlyani Lodz” esa uch turda faqat mag‘lubiyatga uchragan.
“C” guruhida Polshaning “Xemik” va Bolgariyaning “Maritsa” jamoalari uchrashuvida 3-0 hisobi qayd etildi “Dinamo Kazan” (Rossiya) – “Vizura” (Serbiya) uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar