Diyor Turopov "Lokomotiv"dan ketdi, uning yangi klubi...

  • 03.07.2022 18:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bir necha mavsumdan buyon “Lokomotiv” sharafini munosib himoya qilib kelgan yarim himoyachi Diyor Turopov haqidagi xabarlar tobora rost bo‘lib chiqayotgandek.

Bungacha ham uning klubdan ketishi va ikkinchi davrani “Navbahor”da o‘tkazishi mumkinligi borasida gap-so‘zlar yo‘q emasdi.

Bugun “Lokomotiv” ustozi Denis Korostichenko Sports.uz saytiga bergan intervyusida Turopov "Lokomotiv"ni tark etganini hamda “Navbahor”ga ko‘chib o‘tganini aytdi. Balki transfer oynasi ochilgan mahalda bu xabar rasman tasdiqlansa ajab emas.

Turopov mavsum boshidan beri “Lokomotiv” tarkibida Superliga doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi.  

"Sizga savol bersam maylimi? "Lokomotiv"dagi ishimni qanday baholaysiz? - Korostichenko iste’fo bilan bog‘liq savollarga javob qaytardi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!