Dominika Tsibulkova:Bu fikr xatoligini tushundim!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Slovakiyalik Dominika Tsibulkova yangi mavsumda ishtirok etadigan musobaqalarning sonini kamaytirishi haqida xabar berdi.

 “Biz jamoamiz bilan yangi mavsumda 18ta turnirda ishtirok etishni rejalashtirdik. Joriy yilgi sport mavsumida men 23 yoki 24 turnirda o‘ynadim. Biroq kutilgan natijalarga erisha olmadim. Yil davomida ko‘p turnirda bir maromda o‘ynashning iloji yo‘q. Agarda 18ta turnirda o‘zimiz o‘ylagan rejalarni amalga oshira olsak musobaqalarda ishtirok etish sonini 15taga etkazishimiz mumkin.

20 yoshligimda juda ko‘p musobaqalarda ishtirok etishga harakat qilar edim. Hozirgi kunga kelib bu fikr xatoligini tushundim. Sababi, ko‘p musobaqalarda ishtirok etib salomatligimga zarar etkazmoqdaman. Bu esa ko‘zlagan marralarimni zabt etishga yo‘l qo‘ymayabdi”, deydi Dominika.

Sports.uz 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!