Dzyudochilarimiz Qozogʻistondagi musobaqada birinchi oʻrinni egalladi!
Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan dzyudochilar ishtirokidagi an’anaviy xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada dunyoning 21 davlatidan kelgan jami 531 nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib bordi.
Quvonarlisi, yoshlar terma jamoamiz xalqaro turnirda 9 ta oltin, 8 ta kumush, 7 ta bronza, jami 24 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Musobaqa chempionlari Sa’dulla Ravshanov (-81 kg), Diyorbek Fayzullaev (-90 kg), Fazliddin Rafikov (+100 kg), Zarina Jamalova (-48 kg), Nigina Umirzoqova (-52 kg), Mo‘hinur Allaberganova (-57 kg), Gulbahor Imomnazarova (-63 kg), Nigina Saparbaeva (-63 kg) va Zarina Bobonazarova (+78 kg) sharafiga O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi.
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar