EChL. Obameyang debyut qilgan bahsda "Chelsi" kutilmaganda yutqazib qo‘ydi
Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Dinamo" Zagreb - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida yagona golga Orsich mualliflik qildi. Bu gol zagrebliklarga ilk turda g‘alabani taqdim etdi.
Dastlabki turda, Xorvatiya jamoasi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. "Aristokratlar" esa ochko olishga muvaffaq bo‘lmadi.

Fikrlar