Eden Azar: Salaxga “Chelsi”da hech kim imkoniyat bermadi
“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar “Liverpul”ning xujumchisi Moxamed Salaxning 2013/14-2014/15 mavsumlarda “Chelsi”da o‘zini ko‘rsatolmagani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
- Bugungi kunga kelib ham bilan Salax do‘stmiz, qayd etishim lozim, bu inson eng yuqori toifadagi futbolchilardan biridir. “Londonliklar” safida unga hech kim imkoniyat bermadi deb o‘ylayman, bunga nima sabab bo‘lganini bilmayman, murabbiymi yoki raqobat.
O‘ylashimcha, u juda katta mahoratga ega o‘yinchi, ammo o‘sha paytda “Chelsi” safida men, Oskar va Villian kabilar bor edi va shuning uchun u juda qiyin vaziyatga tushib qolgandi. Shuni aytishim kerakki, jamoamiz va shu qatori men uni top futbolchi deb xisoblaymiz.
U ajoyib xujumchi, ushbu mavsumda ko‘p marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etkan. Do‘stlarga qarshi maydonda o‘ynash juda maroqli, ammo “Liverpul” safida Moxameddan tashqari boshqa o‘z ishini ustasi bo‘lgan futbolchilar ham bor, - deydi Azar, The Guardian nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar