Edinson Kavani yanvarda Madrid klubiga o‘tishi kutilmoqda (Foto)
Frantsiyaning PSJ klubi hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini La Ligada davom ettirishga yaqin. Bu haqda xorij nashrlari xabar berdi.
Manbada yozilishicha, urugvaylik forvard yanvarda "Atletiko" klubiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Kavani madridliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashga kelishib olgani borasida avvalroq xabar bergandik.
Futbolchining PSJ bilan shartnomasi kelasi yili yozda tugaydi va u boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar