
“El-klasiko”da kim g‘alaba qozonadi? Jamoalarning imkoniyatlari qanday? – Davron Fayzievdan javob
Bir necha soatdan so‘ng, Kataloniyada “Barselona” – “Real” qarama-qarshiligi boshlanadi. “El-klasiko” oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev SPORTS.uz sayti tomonidan olib borilayotgan loyihada o‘z fikrlarini bildirdi. Sharhlovchi “el-klasiko”da favoritlar bo‘lmaydi, deydi. Lekin bu galgisida qaysidir tomon kuchliroqdek ko‘rinmayaptimi?, - degan savolga javob berdi.
– Menimcha, bunda “Barselona” nazarda tutilmoqda. Hozirgi holatda nega “Barselona” favorit? Har doimgi masala bu – Messi faktori. “Real”dan Ronaldu ketdi. Masalan, barcha ko‘rsatkichlar solishtirilganda Kurtua – ter Shtegen, Ramos – Pike, Grizmann – Benzema, Messi deyiladiyu, shunda unga kelganda “Real”da sal muammo bor. O‘sha darajadagi yulduz rolini Azar bajarishi kerak edi, uddalay olmayapti, yaqiniga ham kelolmayapti. Shu ma’noda, kataloniyaliklarda kichik ustunlik bo‘lishi mumkin. Biroq o‘tgan mavsum bu ustunlik ularga yordam bermadi. Joriy mavsum ikki jamoa hali formasiga kirib bormadi. “Barselona”da yangi murabbiy, klub endi o‘yinini qidiryapti, ba’zi epizodlarda topgandek bo‘lmoqda.
“Real” kuzni har doim bo‘sh o‘tkazadi. Bu Zidan davrida odatga aylangan. Avvalgi murabbiylarda unday emasdi. Har mavsum kirishib olishiga vaqt kerak bo‘lmoqda, kamida ikki oy.
Davron Fayziev: “Real Madrid” klubi “el-klasiko”da ham shunday o‘ynaydimi? Mana bu jiddiy savol
"El-klasiko" oldidan Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani
Rostdan ham, “Barselona” ozgina favoritdek. Xatto o‘z maydoni faktori rol o‘ynab qolishi mumkin. Odatda, Ramossiz madridliklar qiynaladi. Ayniqsa, Serxio dunyoning eng yaxshi himoyachisi ekani bitta sabab bo‘lsa, eng kattasi lider yo‘qligida (Ronaldu ketganidan so‘ng). Agar Ramos ham “Qirollik klubi”ni tark etsa, “Real” xaraktersiz jamoaga aylanib qolishi mumkin. Yutqazayotgan payt u o‘z pozitsiyasidan turib ham o‘ynanglar, deb hujumchilarga baqirib turadi. Shu etakchisiz o‘ynash “Real”ga qiyinchilik tug‘diradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Serxio Ramos jarohatlaridan to‘liq tuzalmay Zidan uni maydonga tushirmoqchi. Jamoa mashg‘ulotlarida qatnashibdi. Uning sport formasi 100% emas, lekin o‘ynaydi. Sardorsiz “Real” autsayderga aylanib qolardi.
“El-klasiko” oldidan mening fikrlarim taxminan shulardan iborat. Barchasini o‘yin ko‘rsatadi. O‘tgan yilgi holatda, favorit “Barselona” edi, biroq “Real” yutqazmagan. Imkoniyatlarni teng, deb turaylik. Shunda ko‘rish qiziq bo‘ladi, - dedi Davron Fayziev SPORTS.uz saytiga.
Fikrlar