Eldor Shomurodov jamoasi yaxshi seriya qayd etmoqda

  • 02.02.2021 21:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Jenoa" oxirgi o‘yinlarda yaxshi natija qayd etmoqda. Genuyaliklar so‘nggi 4 turda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

A Seriyaning 17-turidan beri "Jenoa" darvozasiga hech kim yo‘l topa olmayapti. Shu kungacha jamoa 4 o‘yin o‘tkazdi. Bu vaqtda Shomurodov jamoasi "Bolonya", "Atalanta", "Kalyari" va "Krotone" bilan kuch sinashdi. Ushbu raqiblar orasida faqat "Atalanta" bilan durang qayd etgan genuyaliklar qolgan bahslarda quruq seriyadagi g‘alabalarga erishdi.

17-tur

"Jenoa" - "Bolonya" 2:0

18-tur

"Atalanta" - "Jenoa" 0:0

19-tur

"Jenoa" - "Kalyari" 1:0

20-tur

"Krotone" - "Jenoa" 0:3

Navbatdagi turni "Jenoa" o‘z uyida "Napoli"ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 6 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!