
Eldor Shomurodov nega muhim o‘yinni o‘tkazib yubordi?
"Jenoa" Italiya chempionati 21-turida "Napoli" bilan kuch sinashdi. Genuyadagi "Luiji Ferraris" stadionidagi bahsda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Bellashuvdan bir kun avval e’lon qilingan qaydnomada Eldor Shomurodov yo‘q edi. Shu bois hamyurtimiz muhim uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
Tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Shomurodovda kichik jarohat bo‘lgan. Shu bois, "Jenoa" ustozi Davide Ballardini hujumchimiz borasida tavakkal qilishni istamagan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi genuyaliklarning o‘yinoldi mashg‘ulotlarida ham ko‘rinish bermagandi. Ammo klub rasmiy saytida Eldor nega o‘ynamagani bo‘yicha ma’lumot bermagan.
Endi "Jenoa" keyingi turni 13 fevral kuni "Torino"ga qarshi o‘tkazadi. Balki u ushbu uchrashuvda qatnashar.
Fikrlar