Elnur Abduraimov ko‘z urishtirish marosimida ishtirok etdi. Ertaga jang!

  • 12.12.2020 14:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Elnur Abduraimov (5-0, 5 KO) 13 dekabr tongida professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Yurtdoshimizga bu safar xuddi o‘zi kabi mag‘lubiyatsiz odimlayotgan meksikalik Abraxam Oliva raqiblik qiladi. Ushbu charmqo‘lqop ustasi profi yo‘nalishda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Raqiblarini 3 bora nokautga uchratgan. 

Mazkur jangdan avval, har ikki bokschi an’anaviy tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, ko‘z urishtirish marosimida bir-biriga ruhiy bosim o‘tkazishga harakat qildi. Kim ko‘proq bu duelda g‘alaba qozondi, buni ertaga jang mobaynida bilib olamiz. 

Shu o‘rinda, yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

El_1

Elnur Abduraimovning jang sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi "Top Rank" bilan shartnomasini bekor qildimi?

Bahodir Jalolov jahonning mashhur nashri tomonidan e’tirof etildi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!