
Emmanuel Peti: "ChLdan ko‘ra APL g‘olibligi muhimroq"
Frantsiya milliy terma jamoasi va "Arsenal" klubining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti jurnalistlar bilan suhbatda bir qancha savollarga javob berdi.
- "Arsenal"ning Premer-ligada g‘alaba qozonishini afzal ko‘rasizmi yoki Chempionlar Ligasida?
"Arsenal" Premer-ligada ham, Chempionlar ligasida ham g‘alaba qozonish uchun o‘ynashi kerak. Bu katta klub va ular shunday harakat qilishlari kerak. Ular faqat bitta narsaga e’tibor qaratishlari mumkin emas. Mavsum davomida raqobatbardosh bo‘lishni istasangiz, har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rishingiz va hamma musobaqada g‘alaba qozonishga intilishingiz kerak.
Ammo men tanlashga to‘g‘ri kelsa, "Arsenal"ni APLda g‘alaba qozonishini tanlagan bo‘lardim. Chunki ular ikki yildan beri "Manchester Siti"ni quvib kelmoqda. Bu orada individual va jamoaviy jihatdan sezilarli yutuqlarga erishdi.
Chempionlar ligasi g‘olibligini bir oqshomda hal qilish mumkin. APLni esa, 10 oy davomida har dam olish kunlari o‘ynaladi. G‘alaba qozonish juda qiyin, Chempionlar ligasidan ham qiyin”, - dedi “Arsenal”ning sobiq yarim himoyachisi.
Fikrlar