Endi "Buxoro"ni ham rossiyalik mutaxassis boshqaradi

  • 06.06.2019 00:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor “Buxoro” klubi Baxtiyor Ashurmatovni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqargan edi.

Bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda buxoroliklar rossiyalik mutaxassis Andrey Gordeev bilan kelishuvga erishishgan.

Ma’lumot uchun, 44 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Saturn”, “Metallurg” (Donetsk), “Anji”, “Sibir, “Mordoviya”, “SKA Xabarovsk” klublarini boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi Rossiya U19 terma jamoasi bo‘lgan edi.

Ta’kidlash kerakki, Gordeev Superligamizdagi yagona rossiyalik murabbiy bo‘lmaydi. Ayni damda chempionatimizda Andrey Kanselskis ("Navbahor) va Aleksandr Xomyakov ("Andijon") kabi rossiyalik murabbiylar ham faoliyat olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Buxoro” ayni damda Superligada ortda qolgan 11ta turdan so‘ng 7 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
07/06/2019 19:01
Зато ёш екан