Eng katta maosh olayotgan futbolchi “Barsa”ga haqiqiy bosh og‘riq bo‘lyapti

  • 9 sentabr, 2024, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yong “Barselona”ga katta muammo bo‘lyapti. Kataloniyaliklar bu o‘yinchini 2019 yili “Ayaks”dan olgan va bir yildan keyin shartnomasini 2026 yilning 30 iyunigacha uzaytirgan. Ana o‘sha kelishuvda futbolchiga 37,5 million evro miqdorida yillik maosh belgilangan.

Keyingi yillarda “Barselona” moliyaviy muammolarga o‘ralashib qolgani uchun bu mablag‘ni to‘lash klubga og‘irlik qilyapti.

Kataloniyaliklar niderlandiyalik o‘yinchidan qutilish uchun uni bir necha marotaba transferga qo‘ydi, xaridorlar bilan kelishuv ham bo‘ldi, biroq Frenki klubdan ketishdan bosh tortdi.

Endi “Barsa” xo‘jayinlari unga yangi shartnoma taklif qilyapti. Unda maosh pasaytirilgan. Biroq aynan mana shu omil tufayli Frenki kelishuvni imzolashdan bosh tortmoqda.

Eng qizig‘i, Frenki de Yong anchadan beri maydonga tushgani yo‘q. 27 yoshli yarim himoyachi jarohatidan qachon qutilib, yana safga qaytishi noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!