Eng zo‘r braziliyalik futbolchi kim bo‘ldi?

  • 28 noyabr, 2023, 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior 2023 yildagi natijalariga ko‘ra, Samba Gold (“Oltin samba”) sovrini bilan taqdirlandi.

Bu sovrin qaerda to‘p tepishidan qat’i nazar yil davomida eng yaxshi, deb topilgan braziliyalik futbolchiga beriladi.

Vinisius Junior so‘rovnomada Evropa futbolini tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Neymarni ortda qoldirdi.

Uchinchi o‘rin PSJga sardorlik qilayotgan himoyachi Markinsosga nasib qildi.

“Oltin samba” sovrini 2008 yili joriy qilingan. Uning birinchi laureati “Real”da o‘ynagan Kaka hisoblanadi. Avvaliga bu sovrin faqat Evropada to‘p tepayotgan o‘yinchilarga berilgan. 2021 yildan beri “Oltin samba” dunyoning har qanday mamlakatida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan braziliyalik charm to‘p ustalariga taqdim etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!