Enrike: "Agar kimdir chempionlikka loyiq bo‘lsa, bu – PSJ"

  • 9 may, 18:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida PSJ va “Inter” jamoalari to‘qnash keladi. Parijliklar ustozi Luis Enrike hal qiluvchi bahs oldidan jamoa va muxlislar bilan bog‘liq hissiyotlarini bayon etdi.

Tecno

“Eng avvalo, biz bosib o‘tgan yo‘ldan va muxlislar bilan yaratgan aloqamizdan faxrlanamiz. Bu alohida tuyg‘u, men uchun juda muhim.

Bu PSJ tarixida muxlislar ishtirokidagi ilk Chempionlar ligasi finali bo‘ladi. Ularsiz bunday uchrashuv to‘liq his qilinmaydi. Agar shuncha yillik inqirozdan keyin kimdir g‘alabaga munosib bo‘lsa, bu aynan “Pari Sen-Jermen”.

Bilaman, klub men tug‘ilgan yili tashkil topgan. Umid qilamanki, bu bog‘lanish o‘z isbotini topadi va biz Chempionlar ligasini yuta olamiz!”

Enrikening ta’kidlashicha, bu final jamoa uchun nafaqat sovrin, balki muxlislar uchun eng chiroyli sovg‘a bo‘ladi.

“Biz birinchi bo‘lishga harakat qilamiz. Bayramlar kelganda, odamlarga o‘z mehnatimiz orqali sovg‘a ulashishdan yoqimli narsa yo‘q.

Bu finalni “tortdagi gilos”ga aylantirishga intilyamiz. Jamoa ham, muxlislar ham buni munosib ko‘radi. Biz bu finalda o‘ynash imkoniyatini halol topganmiz”, – dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!